date

Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesligani o'tkazib yuboradi

Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesligani o'tkazib yuboradi

“Bavariya”ning qanot hujumchisi Maykl Olise Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Verder”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'tgan turda Olise mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini olib, diskvalifikatsiyaga tushib qolgandi. Shu sababli u yaqinlashib kelayotgan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu 2024 yil yozida “Kristal Pelas”dan Myunxen klubiga o'tganidan beri Olise uchun Bundesligadagi ilk majburiy tanaffus bo'ladi.

24 yoshli fransuz bungacha chempionatdagi 55 uchrashuvning birontasini ham o'tkazib yubormagan: u bu o'yinlarda 22 gol urdi va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Bavariya”ning hozirgi tarkibida bunday barqarorlik va natijadorlikni ko'rsatgan futbolchi yo'q.

Bundesliganing 22-turi doirasidagi “Verder” — “Bavariya” uchrashuvi 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesligani o'tkazib yuboradi