date

Golovinning agenti qizil kartochkadan keyin ham jamoa yonida

Golovinning agenti qizil kartochkadan keyin ham jamoa yonida

“Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovin “Nant”ga qarshi o‘yindan so‘ng diqqat markazida qoldi. Futbolchining agenti Aleksandr Klyuyev uchrashuvdagi vaziyatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransiya chempionatining 22-tur bahsida “Monako” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Golovin ushbu o‘yinda ikki bor golga uzatma berdi, ammo bahs davomida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Klyuyevning aytishicha, hakamning monakoliklar foydasiga bo‘lmagan ayrim qarorlari bahsli ko‘ringaniga qaramay, Golovin ham, butun jamoa ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan.

Agent “Monako” “Nant”dan ancha ustun bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Golovin maydondan chetlatilgach ham jamoa muammosiz o‘ynagan, murabbiylar va futbolchilar esa Aleksandrni qo‘llab-quvvatlagan. Jamoada muhit yaxshi va jipslik yuqori ekani ham qayd etildi.

Joriy mavsum 29 yoshli Golovin barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Golovinning agenti qizil kartochkadan keyin ham jamoa yonida