Tottenhem nega Palinyani to'liq sotib olishga shoshilmayapti

Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Palinya ijara muddati tugagach, yana “Bavariya” safiga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, “shporlar” futbolchini 31 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega. Biroq Tomas Frank bilan xayrlashilgach, klub ichida bu kelishuvning maqsadga muvofiqligi borasida shubhalar paydo bo'lgan. Palinya maydonda yaxshi ko'rinayotganiga qaramay, “Tottenhem”ni uning yoshi (yozda 31 ga to'ladi) hamda keyinchalik qayta sotish nuqtayi nazaridan transfer qiymati past bo'lishi ehtimoli xavotirga solmoqda.
Palinya London klubida barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!