Nagelsmann ter Shtegenning JCh-2026dagi imkonini baholadi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jarohat sabab safdan chiqqan darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning 2026 yilgi jahon chempionatiga borish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Hozirda posbon tizza orti payi jarohati tufayli tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, ter Shtegen uchun eshik yopilmagan, biroq jarohat jiddiy va reabilitatsiya uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Shu bois vaqt juda tig‘iz sharoitda murabbiylar shtabi bu omilni albatta hisobga olishga majbur.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 mavsumining ilk qismi ter Shtegen uchun “Barselona”da o‘tdi. Qishda esa 33 yoshli germaniyalik darvozabon ijara asosida “Jirona” safiga o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing