
"Barselona" hujumchisi Neymar PSJga qarshi uchrashuv (6:1) dan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu uchrashuv hayotimdagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi. O‘yindagi gollar, vaziyatlar, paslar bularni hech qachon yoddan chiqarib bo‘lmaydi.
Baxtliman. Hakam hushtagi chalingunga qadar biz dunyoning eng kuchli klublarini ham mag‘lubiyatga uchrata olishimizga ishondim. "Barselona" futbolchilarining barchasi bir-biriga ishonib o‘ynadi.
Oltinchi gol muallifi Serxi Robertoga standart vaziyat bo‘layotgan vaqtda aynan o‘sha erdan borib joy olishini aytgandim, shu vaziyatda xavfli hujum yarata olishimizni sezgandim", – deydi Neymar Marca nashriga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar