Manchester Yunayted futbolchilari Maguayrni jamoada qoldirmoqchi

«Manchester Yunayted» futbolchilari jamoa markaziy himoyachisi Garri Maguayrni qoʻllab-quvvatlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Tribal Football nashri maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, jamoa ichida 32 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish tarafdorlari bor. Maguayrning amaldagi bitimi 2026 yil iyun oxirida yakunlanadi. Himoyachi «qizil iblislar» safida 2019 yil avgustidan beri to‘p surib kelmoqda.
Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida Maguayr 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va bitta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing