date

Marselning sport direktori Benatiya lavozimini tark etmoqda

Marselning sport direktori Benatiya lavozimini tark etmoqda

Fransiyaning “Marsel” klubida sport direktori lavozimida ishlagan Mehdi Benatiya iste’foga ketayotganini ma’lum qildi. Marokashlik futbol funksioneri bu haqdagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq klub rahbariyati Benatiyani qo‘yib yubormagani, u esa o‘z xohishiga ko‘ra lavozimni tark etishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Men haqiqatan ham iste’fo berdim (shunchaki taklif qilganim yo‘q). Mening qolishim tashkilot va uning rivoji uchun to‘siq yoki ortiqcha yuk bo‘lishini istamayman. So‘nggi paytlarda norozilik kuchayib borayotganini va munosabatlarda uzilish paydo bo‘lganini sezdim, bundan juda afsusdaman”, — deb yozdi Benatiya.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval “Marsel” bosh murabbiy Roberto de Dzerbi ham lavozimidan ketgani e’lon qilingandi.

Hozirda provansliklar Liga 1 turnir jadvalida 40 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselning sport direktori Benatiya lavozimini tark etmoqda