date

Van Deyk Salohning Liverpuldagi yetakchiligini yuqori baholadi

Van Deyk Salohning Liverpuldagi yetakchiligini yuqori baholadi

«Liverpul» himoyachisi va sardori Virgil van Deyk jamoa hujumchisi Mohamed Salohning maydondagi o‘rni va ta’siri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Van Deykning aytishicha, Saloh hamon jamoaning yetakchisi bo‘lib qolmoqda va sardor sifatida uning maydonda bo‘lishi nihoyatda muhim. Himoyachi Salohning oddiygina ishtiroki ham jamoaga foyda berishini ta’kidladi.

«Saloh jamoaga faqat gollar bilangina emas, bundan ham ko‘proq narsani beradi. Albatta, hozir ko‘pchilik uning gollariga qaraydi, chunki u juda yuqori mezon o‘rnatgan. U gol urganda tanqid ham kamayadi. Ammo biz uchun hech narsa o‘zgarmaydi — odamlar ko‘rmaydigan jihatlar juda ko‘p», — deya van Deyk so‘zlarini BBC keltirdi.

«Liverpul» navbatdagi uchrashuvini 22-fevral kuni safarda «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, van Deyk Salohning kelajagi borasida ham ochiq gapirib, uni jamoada qolishini istashini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Van Deyk Salohning Liverpuldagi yetakchiligini yuqori baholadi