Gvardiola Savioning jarohatdan keyingi qaytishi haqida gapirdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qanot hujumchisi Savio jarohatdan so‘ng safga qaytayotgani borasida yangilik berdi. 21 yoshli futbolchi yanvar boshidan beri shikast sabab maydonga tushmay kelayotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gvardiolaning aytishicha, Savio Angliya kubogidagi "Solford"ga qarshi o‘yinda bir necha daqiqaga maydonga tushishi mumkin edi, biroq murabbiylar shtabi tavakkal qilishni istamagan. U so‘nggi mashg‘ulotlarda futbolchining holati ancha ko‘tarilganini alohida ta’kidlab, uning jamoa bilan ikki kun avvalgi treningdagi o‘yini juda yuqori darajada bo‘lganini aytdi.
Shanba kuni "shaharliklar" Angliya kubogi 4-bosqichida "Solford Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. "Manchester Siti"ning navbatdagi uchrashuvi 21 fevral kuni APL doirasida bo‘lib o‘tadi, raqib — "Nyukasl".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!