date

Aston Villa Martines o'rniga Manchester City darvozabonini ko'zlamoqda

Aston Villa Martines o'rniga Manchester City darvozabonini ko'zlamoqda

«Manchester City» darvozaboni Jeyms Trafford «Aston Villa»ning transfer ro'yxatidan joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli ingliz posbon «shaharliklar» asosiy tarkibida joy uchun Janluiji Donnarumma bilan raqobatda yutqazmoqda. Trafford yaqinda «Manchester City»ga qaytganida zaxirada o'tirish niyati bo'lmaganini ta'kidlagan, shu bois matbuotda uning yaqin orada klubni tark etishi mumkinligi haqida gaplar ko'paymoqda. Football Insider xabariga ko'ra, «Aston Villa» uni Emiliano Martinesning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda. 33 yoshli argentinalik darvozabon mavsum yakunidan keyin «villanlar» safini tark etishi mumkin.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, Jeyms Traffordning bozor narxi 25 mln yevroni tashkil etadi. Xuddi shu manbada Martines 15 mln yevroga baholangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aston Villa Martines o'rniga Manchester City darvozabonini ko'zlamoqda