date

Liverpul va Chelsi Murilloni 55 mln yevroga ko'zlamoqda

Liverpul va Chelsi Murilloni 55 mln yevroga ko'zlamoqda

Nottingem Forest himoyachisi Murillo Angliyadagi nufuzliroq klubga ko'chib o'tishi mumkin. Teamtalk jurnalistlari shu haqda xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchini amaldagi APL chempioni «Liverpul» hamda Londonning «Chelsi» jamoasi o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. O'yinchining transfer bahosi 55 million yevroga teng, uning «o'rmonchilar» bilan shartnomasi esa 2029 yil iyun oxirigacha amal qiladi.

Murillo joriy mavsum APLda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul va Chelsi Murilloni 55 mln yevroga ko'zlamoqda