Arbeloa Alonso davrida chiqqan muammoni bartaraf etdi

Madridning «Real» klubida bosh murabbiy Alvaro Arbeloa jamoa ichidagi vaziyatni qisqa fursatda izga soldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalgi murabbiy Xabi Alonso futbolchilar bilan mustahkam aloqa o‘rnata olmagani, oxir-oqibat ularning ishonchini ham yo‘qotgani aytilmoqda. Diario AS xabariga ko‘ra, Arbeloa kelgach, jamoada muhit yana barqarorlashdi va kiyinish xonasida birlik qayta tiklandi.
«Real» 12 yanvar kuni Alonso bilan xayrlashib, uning o‘rniga Arbeloani tayinlagan edi. Shundan beri madridliklar sakkizta o‘yin o‘tkazib, oltitasida g‘alaba qozondi va ikki bor mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing