Marsel muxlislari Strasburgga qarshi o'yinda prezident lojasi tomon yorib o'tmoqchi bo'ldi

Marsel muxlislari Strasburgga qarshi o'yinda prezident lojasi tomon yorib o'tmoqchi bo'ldi

Fransuzning “Marsel” klubi og'ir pallani boshdan kechirmoqda: “PSJ”dan 0:5 hisobida uchralgan mag'lubiyat rahbariyat uchun haddan tashqari og'ir zarba bo'ldi va natijada bosh murabbiy Roberto de Dzerbi bilan xayrlashildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ko'p o'tmay sport direktori Mehdi Benatiya ham lavozimidan ketdi. Biroq bu o'zgarishlar tribunadagi keskinlikni pasaytirmadi: “Strasburg”ga qarshi uchrashuv davomida muxlislar klub prezidenti Vensan Labryunning iste'foga chiqishini talab qilgan qo'shiqlarni tinmay kuyladi.

Ustiga-ustak, eng qat’iyatli guruh VIP-lojaga kirib borishga urinib ko'rdi. Politsiya esa vaziyatga tezkor aralashib, sektorni qurshab olib, ularning harakatlarini to'xtatdi. Bu haqda La Provence nashri xabar berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar