Rossiya va Mali o'yini bo'yicha sana ham stadion aniq bo'ldi

Mart oyida Rossiya terma jamoasi Mali bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi rasman tasdiqlandi. Avvalroq OAVda tarqalgan xabarni Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Magassa ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Magassaning Sport24'ga aytishicha, Rossiya va Mali jamoalari 27 mart, juma kuni maydonga tushadi. Uchrashuv Krasnodardagi stadionda bo'lib o'tadi.
Yaqin vaqt ichida bu ma'lumotni Rossiya futbol ittifoqi ham tasdiqlashi kutilmoqda. Muxlislar safarini rejalashtirishi uchun o'yinning aniq boshlanish vaqti ham muhim.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Peru bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan, Chili bilan bahsda esa 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing