Agent Golovinning Monakodan ketishi mumkinligini aytdi

Futbol agenti Paulu Barbosa rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Monako»ni tark etish ehtimolini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Barbosaga ko'ra, bunday ssenariy real: Golovinning hozirgi o'yin darajasini saqlab qolishi unga Yevropaning top-klublaridan takliflar olib kelishi mumkin.
«Agar u hozirgidek o'ynashda davom etsa, mavsum oxirida albatta qiziqarli takliflar kelib tushishi mumkin», — deya agentning so'zlarini «Match TV» keltirdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Golovin 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Yarim himoyachining «Monako» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Uning bozor bahosi 18 mln yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing