Angliyada Chelsi futbolchilari xatti-harakatidan norozilik kuchaydi

O‘tgan dam olish kunlari Londonning “Chelsi” jamoasi Angliya Kubogi doirasida “Hall Siti”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv oldidan “Chelsi” futbolchilari stadionga chiqishda “Hall”ning bolalar jamoasidan bo‘lgan yosh o‘yinchilar saf tortib turgan yo‘lakdan o‘tishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ko‘pchilik mehmonlar kamida qisqa e’tibor ko‘rsatishini kutgandi, biroq videoyozuvlar boshqacha manzarani ko‘rsatdi: “Chelsi” futbolchilari bolalarni deyarli butunlay e’tiborsiz qoldirib, yonidan o‘tib ketishdi.
Holat Angliyada keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plar klub rahbariyati bu vaziyat bo‘yicha uzr so‘rashi kerakligini aytmoqda, ayrim “Chelsi” muxlislari esa futbolchilarning o‘zi bunday munosabatdan uyalishi lozimligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!