Nant klub antirekordini takrorlash yoqasiga kelib qoldi

Nant klub antirekordini takrorlash yoqasiga kelib qoldi

Fransiyaning eng sovrindor jamoalaridan biri sanaladigan «Nant» og'ir davrni boshdan kechirmoqda: klub chempionatda ketma-ket besh uchrashuvda mag'lub bo'ldi va endi tarixidagi eng yomon seriyani takrorlash xavfi ostida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar navbatdagi turda ham omadsizlik yuz bersa, «Nant» 1999 yil kuzida qayd etilgan antirekordga tenglashadi. O'shanda Reynal’d Denuek murabbiyligi davrida jamoa Fransiya chempionatida ketma-ket olti marta yutqazgan edi. Keyinchalik Denuek Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubida rossiyalik yarim himoyachi Valeriy Karpin bilan ham ishlagan.

Keyingi turda «Nant» «Gavr»ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar