date

Klopp agenti qiziqishlar hamon davom etayotganini aytdi

Klopp agenti qiziqishlar hamon davom etayotganini aytdi

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis mutaxassisining keyingi faoliyati borasida turli variantlar bo‘lganini eslatdi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Liverpul”dagi ishini yakunlagan Klopp hozirda Red Bull tizimida futbol yo‘nalishi bo‘yicha global rahbar sifatida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kositske Transfermarkt’ga bergan intervyusida Klopp Red Bull’ga kelishidan avval AQSH yoki Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Yulian Nagelsmann bo‘lmaganida, bu yo‘nalish ham ehtimoldan xoli emas edi. Shuningdek, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan takliflar bo‘lgan, garchi Klopp Angliyada boshqa klubni boshqarmasligini aniq bildirgan bo‘lsa-da. Agentning qayd etishicha, bunday murojaatlar hanuz to‘xtagani yo‘q.

Klopp “Liverpul”ni 2015 yil oktabridan 2024 yil mayigacha boshqargan. Uning qo‘l ostida “qizillar” uzoq tanaffusdan so‘ng Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, UEFA Chempionlar Ligasi finaliga uch marta chiqdi va bir bor turnir kubogini yutdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klopp agenti qiziqishlar hamon davom etayotganini aytdi