date

Aleksandr Mostovoy RFU raqib topishdagi ishini maqtadi

Aleksandr Mostovoy RFU raqib topishdagi ishini maqtadi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, shuningdek Ispaniyaning “Selta” klubi ex futbolchisi Aleksandr Mostovoy RFUning milliy jamoa uchun raqib topish borasidagi ishlaridan mamnunligini bildirdi. 27 mart kuni rossiyaliklar Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mostovoyning aytishicha, hozirgi sharoitda kuchli sparring topish oson emas, ammo federatsiya Chili, Peru va Mali kabi jamoalar bilan o‘yin tashkil qilib berayotgani katta yutuq. U rossiyaliklar “turk mehmonxonalaridagi terma jamoalar” darajasidagi raqiblarga emas, munosib jamoalarga qarshi o‘ynayotgani muhimligini ta’kidladi.

Mali terma jamoasi FIFA reytingida 54-o‘rinda bormoqda. Jamoa 1972 yilda Afrika kubogida kumush, 2012 va 2013 yillarda esa bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Rossiya va Mali terma jamoalari avval hech qachon o‘zaro uchrashmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mostovoy RFU raqib topishdagi ishini maqtadi