Yuqori haroratga qaramay, Yamal Barselonada o'ynadi

Dushanba kuni «Barselona» La Ligada safarda «Jirona»ga qarshi maydonga tushdi. «Ko'k-anorranglilar» 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, tur yakunida peshqadamlikni boy berdi. Endi turnir jadvalida «Real» yetakchi, u «Barselona»dan ikki ochko ko'p jamg'argan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri Cadena SER radiosiga tayangan holda xabar berishicha, qanot hujumchisi Lamin Yamal tana harorati yuqori bo'lishiga qaramay «Jirona»ga qarshi o'yinda ishtirok etgan. Yamal uchrashuvni to'liq o'tkazib, maydonda 90 daqiqa harakat qildi.
«Barselona» endi Ispaniya chempionatidagi navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'radi — jamoa uyda «Levante»ni qabul qiladi. Uchrashuv yakshanba, 22-fevral kuni bo'lib o'tadi va boshlanishi 20:15 da (Toshkent vaqti bilan).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!