Arsenal PSJ hujumchisi Usmon Dembele transferini ko'zlamoqda

PSJ hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fichajes xabariga ko'ra, futbolchini tarkibiga qo'shib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «To'pchilar» rahbariyati fransuz hujumchisini yozgi transfer oynasida olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda. Hozircha futbolchining o'zi bu ko'chishga qanday qarayotgani noma'lum.
Dembele 2023 yilda «Barselona»dan PSJga 50 million yevro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u Parij klubi safida barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali Dembeleni 100 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing