Atletiko Xulian Alvaresga yangi shartnoma taklif qildi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvares borasidagi mish-mishlarga barham bermoqchi. So‘nggi paytda futbolchining nomi «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Barselona» bilan ko‘p tilga olinayotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati Alvaresni jamoada olib qolish niyatida va uning amaldagi bitimini uzaytirish bo‘yicha ishlamoqda. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Atletiko» 26 yoshli argentinalikka allaqachon yangi shartnoma bo‘yicha taklif yuborgan.
Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u 34 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
«Atletiko»ning navbatdagi uchrashuvi 18-fevral kuni safarda «Bryugge»ga qarshi Yevropa chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!