date

Soboslai Vinisiusni Liverpulga o'tishga ko'ndirmoqda

Soboslai Vinisiusni Liverpulga o'tishga ko'ndirmoqda

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TNT Sports Argentina xabariga ko'ra, “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai braziliyalikka shaxsan qo'ng'iroq qilib, uni “qizillar” safiga o'tishga ko'ndirishga uringan. Avvalroq Vinisius vengriyalik futbolchini yaqin do'sti sifatida tilga olgandi. Qiziq tomoni, Soboslaiga “Real” ham qiziqish bildirmoqda.

“Liverpul” Vinisiusni Muhammad Salohning ehtimoliy o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda: misrlik yulduz yozda klubni tark etishi mumkin. Bir necha kun oldin esa Vinisius “Real” rahbariyatidan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni tezlashtirishni so'rab, kelajagi borasida imkon qadar tezroq qaror qabul qilish niyatida ekanini bildirgan.

Manbalarga ko'ra, Vinisius “qaymoqranglilar”dan maoshini Kilian Mbappening daromadidan ham yuqori qilishni talab qilmoqda. Hozirda fransuz futbolchisi “Real”dagi eng ko'p maosh oladigan o'yinchi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Soboslai Vinisiusni Liverpulga o'tishga ko'ndirmoqda