date

Donnarumma darvozabon uchun eng muhim ko'nikmani aytdi

Donnarumma darvozabon uchun eng muhim ko'nikmani aytdi

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma posbonlar uchun qaysi jihatlar eng muhimligini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

26 yoshli italiyalikning fikricha, darvozabon uchun asosiy vazifa — bor kuchini berib o'ynash va gol o'tkazmaslik. U ba'zan sog'liq xavf ostida qolishi mumkin bo'lsa ham, to'pni to'rga kiritmaslik uchun oxirigacha kurashish kerakligini ta'kidladi. Donnarumma eng muhim sifat sifatida esa qo'rqmasdan harakat qilishni ko'rsatdi. Uning so'zlarini City Report keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma o'tgan yil sentabr oyida "PSJ"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan va klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Transfer "shaharliklar"ga 30 million yevroga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Donnarumma darvozabon uchun eng muhim ko'nikmani aytdi