date

Bayer Leon Goreckani tarkibiga qoʻshib olmoqchi, u APLni xohlaydi

Bayer Leon Goreckani tarkibiga qoʻshib olmoqchi, u APLni xohlaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Gorecka Leverkuzenning «Bayer» jamoasi e’tiborini tortdi. «Farmatsevtlar» 31 yoshli futbolchini markaziy chiziqda avval Granit Jaka bajargan yetakchi rol uchun munosib nomzod deb bilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, leverkuzenliklar allaqachon Goreckaning vakillari bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi bu variantni qat’iyan rad etmagan bo‘lsa-da, uning ustuvor tanlovi Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tish bo‘lib turibdi. Qishda unga Londonning «Tottenhem» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gorecka joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi: amaldagi shartnoma uzaytirilmaydi. U «Bavariya» safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bayer Leon Goreckani tarkibiga qoʻshib olmoqchi, u APLni xohlaydi