date

Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi

Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan Maykl Olise atrofida transfer mish-mishlari tinmayapti: qanot hujumchisi kelajakda jamoani tark etishi mumkinligi yana muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi bir kun kelib Ispaniya La Ligasida o'zini sinab ko'rishni istaydi. Uning bu niyati haqida Madridning «Real»i va «Barselona»si ham xabardor. Shunga qaramay, fransuz futbolchi yaqin orada klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda degan gaplar hozircha tasdiq topmayapti — ayni paytda u Myunxendagi sharoitdan mamnun.

Olise 2024 yil yozida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga ko'chib o'tgan. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt esa futbolchining bozor qiymatini 130 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yulduzi Olise kelajakdagi manzilini tanladi