date

Runi Manchester Yunaytedga Karikni qoldirishni tavsiya qildi

Runi Manchester Yunaytedga Karikni qoldirishni tavsiya qildi

Manchester Yunayted va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi klubda murabbiylik masalasiga to‘xtalib, Maykl Karikning “qizil iblislar” boshqaruvidagi istiqboli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Runi ta’kidlashicha, MYu so‘nggi yillarda turli yo‘llarni sinab ko‘rdi: klub Joze Mourinyu, Erik ten Hag va Ruben Amorim kabi mutaxassislar bilan ishladi. Uning fikricha, hozir eng to‘g‘ri qaror — Karikka ishonch bildirish. “Bu shunchaki sobiq jamoadosh bo‘lganimiz uchun emas. Maykl o‘yinni tartibga soldi, jamoani tinchlantirdi va tarkibni yaxshi boshqaryapti”, — deya uning so‘zlarini ESPN keltiradi.

Angliya Premyer-ligasida 26 turdan so‘ng Manchester Yunayted 45 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Runi Manchester Yunaytedga Karikni qoldirishni tavsiya qildi