Markinyos Saudiya Arabistoniga emas, faqat Qatarga rozi

Rossiyalik futbol ishqibozlari uchun Saudiya Arabistoni bilan Qatar ko'pincha bir xil, Sharqning sirli ekzotik manzillari bo'lib ko'rinadi. Biroq braziliyalik Markinyos bu ikki yo'nalishni keskin ajratadi: u Saudiya Arabistoniga borishni qat'iyan istamaydi, ammo Qatardagi variantni ko'rib chiqishga tayyor, deya yozmoqda fransuzning L'Equipe nashri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
31 yoshli tajribali himoyachi 2013 yildan buyon «PSJ» safida to'p surib keladi va ayni paytda jamoada klubda shuncha uzoq qolgan boshqa futbolchi yo'q.
Markinyos faoliyati davomida Braziliyaning «Korintians» va Italiyaning «Roma» klublari sharafini ham himoya qilgan. U Braziliya terma jamoasi tarkibida 95 ta uchrashuv o'tkazib, katta tajriba to'plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing