date

Yevropaning yirik klublari Grinvudni yashirincha kuzatmoqda

Yevropaning yirik klublari Grinvudni yashirincha kuzatmoqda

Agentlar orasida bir nechta Yevropaning katta klublari hujumchi Meyson Grinvudga qiziqayotgani haqida gap-soʻzlar tobora kuchaymoqda. Mutaxassislar uning iqtidorini yuqori baholamoqda, biroq transfer ortidan kelishi mumkin bo‘lgan obro‘-e’tibor xatari ham ko‘plarni o‘ylantiryapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Grinvudga ko‘z tikkan klublar futbolchining holatini omma e’tiboridan chetda, mutlaqo yashirin tarzda o‘rganmoqda. Ular bu borada hatto mish-mishlar ham tarqalib ketmasligini istamoqda.

Bir necha yil avval Grinvud jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ayblovlarga duch kelgandi, keyinchalik esa bu ayblovlar bekor qilingan.

2025/2026 yilgi mavsumda Grinvud «Marsel» safida 33 o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropaning yirik klublari Grinvudni yashirincha kuzatmoqda