Yulmann Olimpiyakosga qarshi top futbol ko'rsatmoqchi

Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmann UEFA Chempionlar ligasida "Olimpiyakos"ga qarshi bo'ladigan pley-off uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. O'yin 18 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa yanvardagi "Olimpiyakos"ga qarshi bahsdagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin xulosalar chiqargan. "O'sha o'yindan beri yutqazmadik. Bu safar eng yaxshi futbolimizni ko'rsatmoqchimiz va oldimizdagi ikki muhim o'yinning birinchisiga to'liq tayyormiz", — dedi Yulmann UEFA rasmiy saytiga.
Turnirning umumiy bosqichida nemis klubi 16-o'rinni, yunon jamoasi esa 18-o'rinni egallagan. Uchrashuvning matnli translyatsiyasini Liveresult.ru orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!