date

PSJ Konate uchun kurashga qo‘shildi, Liverpul muzokarada

PSJ Konate uchun kurashga qo‘shildi, Liverpul muzokarada

«Liverpul» himoyachi Ibraima Konateni jamoada olib qolish niyatida va futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Uilson Koks xabariga ko‘ra, «qizillar» fransuz futbolchisi bilan kelishuv ustida ishlayapti. Biroq Konate shoshilmayapti: u yangi bitimga qo‘l qo‘yishdan avval «PSJ»ning yakuniy qarorini kutib turishni istamoqda. Parij klubi futbolchini transfer qilish bo‘yicha kurashga kirishgani aytilmoqda.

Hozircha Konate «Liverpul»da qolish yoki «PSJ»ga o‘tish borasida bir qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV himoyachini Madridning «Real» klubi bilan ham bog‘lagan edi.

Ibraima Konate 2021 yilda «RB Leyptsig»dan «Liverpul»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz «qizillar» safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Konate uchun kurashga qo‘shildi, Liverpul muzokarada