date

Trent Aleksander-Arnold Liverpulga qaytishni ko'rib chiqmoqda

Trent Aleksander-Arnold Liverpulga qaytishni ko'rib chiqmoqda

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold yozgi transfer oynasida “Real”ni tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mirror xabariga ko'ra, angliyalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida o'zini to'liq namoyon qila olmagani sababli ketish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Trent uchun eng maqbul yo'l — o'zining tarbiyalagan klubi bo'lgan “Liverpul”ga qaytish.

Aleksander-Arnold 2025 yil yozida “Liverpul”dan “Real”ga 10 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 14 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga uzatma berdi.

Trent “Liverpul”ning asosiy jamoasida 2016 yildan beri o'ynagan. “Qizillar” safida u APL va Chempionlar ligasi kabi sovrinlarni ham o'z ichiga olgan 9 ta trofeyni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent Aleksander-Arnold Liverpulga qaytishni ko'rib chiqmoqda