date

Maklaren ten Hag va Ronaldu mojarosini esladi

Maklaren ten Hag va Ronaldu mojarosini esladi

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stiv Maklaren Krishtianu Ronaldu bilan «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik tafsilotlarini ochiqladi. Maklaren o'sha paytda murabbiylar shtabida assistent sifatida ishlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, ten Hag portugaliyalik yulduzga alohida imtiyoz berishni istamagan va uni jamoaning oddiy futbolchisi sifatida ko'rgan. Maklaren ta'kidlashicha, niderlandiyalik mutaxassis futbolchilarning talablariga yon berishni yoqtirmaydi.

«Erik hech qachon o'yinchilarning iltimoslariga ko'nmaydi. Agar u sendan nimanidir talab qilsa, buni bajarishing shart. U Ronalduga ham ochiq aytgan: yo men aytganimni qilasan, yo o'ynamaysan. Boshqa murabbiy ehtimol Ronalduning talablariga hech bo'lmasa qisman rozi bo'lardi, ammo Erik bunday emas», — deya Maklaren so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Hozir Ronaldu Saudiya Arabistonida to'p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maklaren ten Hag va Ronaldu mojarosini esladi