Felipe Melo Galatasaray g'alabasini besh barmoq bilan nishonladi

Istanbulning Galatasaray jamoasi Turinning Juventus klubini 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ilgari har ikkala jamoada ham to'p surgan braziliyalik sobiq himoyachi Felipe Melo esa bu bahsda kimning g'alabasidan ko'proq quvonishini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U uchrashuvdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Galatasarayning yirik g'alabasini alohida post bilan nishonladi. Melo suratda besh barmog'ini ko'rsatib, bu ishora bilan Juventus darvozasiga kiritilgan besh golga aniq sha'ma qildi.
Eslatib o'tamiz, Melo 2009–2011 yillarda Juventus safida o'ynagan, keyin esa Galatasarayga ko'chib o'tib, Istanbul klubida to'rt yil davomida harakat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing