date

Inter Chempionlar ligasida 12 yildagi antirekordni qayd etdi

Inter Chempionlar ligasida 12 yildagi antirekordni qayd etdi

Milaning “Inter” jamoasi Chempionlar ligasida kutilmaganda “Bude-Glimt”ga imkoniyatni boy berdi — uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Neradzurrilar” pley-off yo‘llanmasi uchun styk bosqichining ilk o‘yinini Norvegiyada o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi. Natijada italyan grandi Chempionlar ligasining pley-off bosqichlarida ketma-ket to‘rtta o‘yinda 3 va undan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi. Avvalroq “Inter” finalda PSJdan 5 ta gol o‘tkazib yuborgandi, shuningdek, o‘tgan mavsum yarim finalida “Barselona”ga ikki bor 3 tadan gol urishga yo‘l qo‘ygandi. Ushbu yo‘nalishdagi eng yomon ko‘rsatkich Leverkuzenning “Bayer”iga tegishli — 2005–2014 yillar oralig‘ida ketma-ket besh o‘yinda shunday natija qayd etilgan.

“Inter” — “Bude-Glimt” juftligidagi javob bahsi kelasi seshanba, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Chempionlar ligasida 12 yildagi antirekordni qayd etdi