Patrik Shik Olimpiakosga qarshi o'z imkonidan unumli foydalandi

Patrik Shik Olimpiakosga qarshi o'z imkonidan unumli foydalandi

Germaniyaning «Bayer» klubi hujumchisi Patrik Shik Chempionlar ligasida «Olimpiakos»ga qarshi o'yinda ikki gol urib, uchrashuv yakunlari haqida fikr bildirdi. Bahs «Bayer»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shikning aytishicha, hujumchi uchun ba'zan butun o'yin davomida o'z vaziyatini kutishga to'g'ri keladi. «Har doim tayyor turish kerak — hujumchining ishi shu. Bugun esa kerakli paytda kerakli joyda bo'ldim. Qishki tanaffusdan keyin start biz uchun og'ir bo'ldi, ammo asta-sekin ancha qo'shib oldik», — deya uning so'zlarini UEFA keltirdi.

30 yoshli Patrik Shik joriy mavsumda barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar