Bubnov Rossiya terma jamoasiga hozir ehtiyoj yoʻq dedi

Futbol eksperti Aleksandr Bubnov Rossiya terma jamoasining hozirgi o‘rtoqlik uchrashuvlariga oid keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, terma jamoa ayni paytda amalda zarur emas: rasmiy o‘yinlarga qaytishga ruxsat berilsa, baribir tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida ikki yil vaqt bo‘ladi. Bubnov reyting masalasini ham muhim deb hisoblamadi — uning fikricha, jamoa baribir o‘n pog‘ona yuqorilash imkoniga ega emas va kuchsizlar qatorida qolaveradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, hozir terma jamoa safida sinab ko‘rilayotgan ayrim futbolchilar keyinchalik xalqaro musobaqalarga qaytilganda umuman kerak bo‘lmay qolishi ham mumkin. Bubnov RFU yig‘inlarni tashkil etishga behuda mablag‘ sarflayotganini aytib, bu pullarni bolalar futbolini rivojlantirishga yo‘naltirish ma’qul ekanini urg‘uladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!