Leko Atletiko bilan durangdan so'ng g'alabani esladi

Bryugge bosh murabbiyi Ivan Leko Yevropa Chempionlar ligasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi kechgan sermahsul bahsdan keyin fikr bildirdi. Pley-off bosqichining ilk uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«O'yinchilarim va butun jamoamiz bilan faxrlanaman. Bunday kuchli raqibga qarshi hisobni quvib yetish juda qiyin, ammo biz buni uddaladik. Energiya va o'yin sifati evaziga durangga munosib bo'ldik. Pressingimiz ham, himoyadagi harakatlarimiz ham talab darajasida bo'ldi. Umuman olganda xursandman, rostini aytsam, bu uchrashuvda yutishimiz ham mumkin edi», — dedi Leko UEFA rasmiy saytiga.
Musobaqaning umumiy bosqichida «Bryugge» 8 o'yinda 10 ochko to'plab, 19-o'rinni egallagan. Madridliklar esa 13 ochko bilan 14-pog'onadan joy olgan.
Javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!