date

Postekoglu Nottingem Forestni qabul qilganidan afsusda

Postekoglu Nottingem Forestni qabul qilganidan afsusda

Ange Postekoglu sentabr oyida «Nottingem Forest» boshqaruvini qabul qilgandi, biroq atigi sakkizta o‘yindan so‘ng lavozimidan bo‘shatildi. Mutaxassis bu taklifga rozi bo‘lgani noto‘g‘ri qaror bo‘lganini tan oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Postekoglu The Overlap’ga bergan intervyusida «Forest»dagi vaziyat uchun mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga oldi: u bu ishga kirishishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lganini, vaqt yoki sharoitni bahona qilishdan foyda yo‘qligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, «Tottenhem»dan keyin juda tez yangi jamoaga o‘tib ketgan va bu xato bo‘lgan.

Murabbiy, shuningdek, yozgi tanaffusda ko‘p yillardan beri ilk bor ishlamay qolganini eslab o‘tdi. Odatda u bu paytda transferlar va mavsumoldi tayyorgarlik bilan band bo‘lishini, bu safar esa o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek va bo‘shliq his qilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Nottingem Forest» yaqinda Vitor Pereyrani bosh murabbiy etib tayinladi. U 2025/2026 yilgi mavsumda jamoaning to‘rtinchi murabbiyi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Postekoglu Nottingem Forestni qabul qilganidan afsusda