date

Karager Arsenal ochko yoqotganidan so‘ng fikr bildirdi

Karager Arsenal ochko yoqotganidan so‘ng fikr bildirdi

Angliya futbolining sobiq himoyachisi va teleekspert Jeymi Karager APLning qoldirilgan 31-turida «Arsenal» hamda «Vulverhempton» o‘rtasida kechgan bahs natijasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi va «kanonirlar» navbatdagi ochkolarni boy berdi.

Karagerning aytishicha, bunday natija chempionatni yanada qiziqarli qiladi: bu mavzuni muhokama qilishga sabab bo‘ladi va mavsum oxirigacha intriga saqlanib qoladi. Uning fikricha, bu holat APL uchun foydali.

Shu bilan birga, ekspert shaxsiy istagini ham yashirmadi: u mavsum yakunida chempionlik oltin medallari «Arsenal» futbolchilari ko‘ksida bo‘lishini ko‘rishni xohlashini ta’kidladi.

Hozircha «Arsenal» turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi, biroq «Manchester Siti» bilan oradagi farq qisqardi — atigi besh ochko. «Shaharliklar»ning esa yana bitta zaxira o‘yini bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karager Arsenal ochko yoqotganidan so‘ng fikr bildirdi