Rosenyor Kukurelyaning jarohati bo'yicha izoh berdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor himoyachi Mark Kukurelyaning holati yuzasidan fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasida «Lids»ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, tibbiy bo'limga yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Kukurelyaning maydonga qachon qaytishi bo'yicha aniq muddat hozircha yo'q. U «Lids» bilan o'yinning birinchi bo'limidayoq son orqa payi (hamstring)dan shikastlangan. Rosenyor futbolchining yo'qotilishi achinarli ekanini ta'kidlab, uni dunyodagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri deb atadi.
Shu bilan birga, murabbiy bu pozitsiyada jamoada variantlar borligini ham eslatdi: Hato va Gusto chap qanotda o'ynay oladi, tarkibda o'rnini bosishga qodir futbolchilar yetarli.
Avvalroq OAVda Kukurelyaning tiklanishi taxminan uch-to'rt hafta davom etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!