
«Barselona» 2018 yilda shartnomasi nihoyasiga etadigan Lionel Messi bilan yangi bitim imzolashni rejalashtirmoqda.
El Mundo Deportivo nashri bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli argentinalik futbolchiga klub yangi shartnoma tuzishi uchun bonus sifatida 40 million evrodan ortiqroq mablag‘ taklif qilgan. Oldinroq, «Barselona» Neymarga yangi shartnoma imzolagani uchun 30 million evrodan ortiqroq bonus to‘lab bergandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada «Barselona» Messiga yiliga 35 million evro maosh to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqatilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar