Erik Garsiya Barselonaning Real bilan poygadagi umidiga baho berdi

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya La Ligadagi turnir jadvalida jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar o‘tgan turda "Jirona"ga 1:2 hisobida yutqazib, peshqadamlikni boy berdi. Natijada "Real" yana yetakchilikka chiqdi va "Barselona"dan ikki ochko oldinga o‘tib oldi.
Garsiyaning aytishicha, "Barselona" La Ligada bundan ham og‘ir vaziyatlarga tushgan, ammo baribir farqni qisqartirib, oxir-oqibat chempionlikka erishgan. U hali oldinda ko‘plab o‘yinlar borligini, jamoa taqdiri o‘z qo‘lida ekanini ta’kidladi.
La Liganing 25-turida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qiladi. Uchrashuv 22-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing