MakTominey Napoli bilan kelajagini bog'lash niyatida

Napoli yarim himoyachisi Skott MakTominey atrofida Angliyaga qaytishi haqida gap-so'zlar kuchaydi. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchini yana safga qaytarishdan uning sobiq jamoasi — "Manchester Yunayted" manfaatdor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq shotlandiyalik futbolchining o'zi bu taxminlarni rad etdi. Nikolo Skira keltirgan intervyu iqtibosiga ko'ra, MakTominey "Napoli"da uzoq muddat qolishni istashini aytgan.
Avvalroq o'sha manba Italiya amaldagi chempionlari MakTominey bilan shartnomani uzaytirish variantini ham ko'rib chiqayotgani haqida xabar bergandi. 29 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda "qizil iblislar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Antonio Konte jamoasida 34 uchrashuvda 10 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!