date

Mossakovskiy Atletik – Elche o‘yiniga taxmin bildirdi

Mossakovskiy Atletik – Elche o‘yiniga taxmin bildirdi

Futbol sharhlovchisi Mixail Mossakovskiy La Liganing 25-turi doirasida Bilbao «Atletik»i hamda «Elche» o‘rtasidagi uchrashuvdan kutayotganlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mossakovskiyga ko‘ra, «Elche» gol urishga qodir, «Atletik» esa katta ehtimol bilan maydonni golsiz tark etmaydi. U juda sermahsul bahs bo‘lishini kutmayotganini ta’kidladi, biroq «ikkala jamoa ham gol uradi» varianti ancha ishonchli ko‘rinishini qayd etdi.

«Atletik» – «Elche» o‘yini bugun, 20-fevral kuni Bilbao stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Hozirgi holatga ko‘ra, mezbonlar La Liga jadvalida 8-o‘rinda bormoqda, «Elche» esa 17-pog‘onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mossakovskiy Atletik – Elche o‘yiniga taxmin bildirdi