date

Elagin Aston Villa chempionlik uchun yashirin da'vogar dedi

Elagin Aston Villa chempionlik uchun yashirin da'vogar dedi

APL sharhlovchisi va mutaxassisi Aleksandr Elagin «Aston Villa»ni chempionlik poygasida da'vogarlar qatoriga kiritmayotgan fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Elaginning aytishicha, u bunday qarashga qo'shilmaydi: «Albatta, da'vogar deb hisoblayman. Bu haqida ko'p bor gapirganman. Ha, asosiy kurash ikki jamoa o'rtasida ketayotgandek ko'rinadi, ammo “Aston Villa” — chempionlik uchun yashirin da'vogar», — dedi u «Komment.Shou» kanalida.

Angliya chempionatining 26-turidan so'ng «Aston Villa» 50 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan sakkiz ochkoga ortda, biroq londonliklar bir uchrashuv ko'proq o'tkazgan.

Navbatdagi turda Unai Emeri shogirdlari o'z maydonida «Lids»ni qabul qiladi. O'yin 21-fevral kuni 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Elagin Aston Villa chempionlik uchun yashirin da'vogar dedi