Osimxen Galatasaraydan mamnun, ammo grandlar kuzatuvni davom ettirmoqda

Hujumchi Viktor Osimxen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan to‘liq mamnun va klubini o‘zgartirish zarurati borligini his qilmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhitining o‘zi ham, jamoaning o‘yini ham yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasi yozishicha, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimxenga qiziqish bildirishi mumkin. Biroq hozircha aniq muloqotlar yoki muzokaralar boshlangani haqida gap yo‘q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transferning taqdiri, avvalo, Osimxenning shaxsiy qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Osimxen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va jamoadoshlariga 13 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!