Gavi Barselonaga qaytish yo‘lida yana bir qadam tashladi

Yarim himoyachi Gavi yozdan beri «Barselona» safida maydonga tushmayapti. Futbolchi tizzasidagi muammo sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, tiklanish jarayonini boshlagan edi. Endilikda u jamoaga qaytishga tobora yaqinlashmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, juma kuni Gavi umumiy mashg‘ulotlarda qisman ishtirok eta boshladi. Bu juda ijobiy belgi, biroq 21 yoshli хавбекning yaqin kunlarda maydonga qaytishi haqida gapirish hozircha erta.
Gavi «Barselona»ning asosiy jamoasi tarkibida jami 155 o‘yin o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda u 10 ta gol urib, 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Hozirda «Barselona» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing