PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

PSJ klubi rasmiy saytida jamoa futbolchilarining tibbiy holati bo'yicha navbatdagi ma'lumotni e'lon qildi. Unda Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda jarohat olgan hujumchi Usmon Dembele haqida ham so'z bordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parijliklar bayonotiga ko'ra, Dembele boldir mushagida noqulaylik sezgan va yaqin kunlarda mashg'ulotlarni asosan zalda davom ettiradi.
Shu sababli u shanba kungi Fransiya chempionati uchrashuvini o'tkazib yuboradi: PSJ o'z maydonida «Mets»ni qabul qiladi.
Shuningdek, yarim himoyachi Fabian Ruis individual tartibdagi mashg'ulotlarni yana boshlagani qayd etildi.
Ayni paytda PSJ Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing