date

Xaykin Norvegiya bilan JCh-2026ga ulgurmasligini aytdi

Xaykin Norvegiya bilan JCh-2026ga ulgurmasligini aytdi

«Bude-Glimt» darvozaboni Nikita Xaykin Norvegiya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinmi, degan savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiyalik posbon Norvegiya fuqaroligini olish ustida faol ishlayotgani ma’lum, biroq u mundialga qadar barcha hujjatlarni rasmiylashtirib ulgurmasligini ta’kidladi.

«Hozircha yo‘q. Menimcha, yana kutishga to‘g‘ri keladi. Bu uzoq jarayon va, afsuski, juda ko‘p vaqt oladi», — dedi Xaykin Cappuccino & Catenaccio Show dasturida.

Xaykin 2019 yildan beri Norvegiyada to‘p surmoqda (ikki oylik tanaffus bilan). Joriy mavsumda 30 yoshli darvozabon 11 uchrashuvda maydonga tushdi va ulardan birida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Yaqinda uning jamoasi Chempionlar ligasida «Inter» ustidan kutilmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi — 3:1.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xaykin Norvegiya bilan JCh-2026ga ulgurmasligini aytdi